» » Leonardo Di Kaprio, Kim Kardashyan va boshqa mashhurlar qanday mashina haydaydi?

Leonardo Di Kaprio, Kim Kardashyan va boshqa mashhurlar qanday mashina haydaydi?


Mashhurlarning uyi, yashash tarzi singari qanday mashina haydashi ham jamoatchilikka hamisha qiziq bo‘lgan. Cosmopolitan nashri yulduzlarning mashina kolleksiyasiga to‘xtaldi.

Kim Kardashyan

Model Kim Kardashyanning mashinalar arsenalida Platinum Motorsport’dan ekskulyuziv tyuningli ikkita Rolls Royce Ghost hamda turmush o‘rtog‘i Kanye Uest tomonidan sovg‘a qilingan zirhli Mercedes-Benz G63, oq Ferrari 458 Italia singari mashinalarni uchratish mumkin. Bu hali hammasi emas, kumushrang Mercedes-Benz SLR McLaren, Bentley Continental GTC, qora va oq rangli Range Rover mashinalari ham yulduz garajini to‘ldirib turadi. Kardashyan mashina xarid qilayotganida faqat o‘zi haqida o‘ylamasligini turmush o‘rtog‘iga sovg‘a qilgan Lamborghini Aventador’dan ham bilish mumkin.

Jastin Biber

Jastin qimmatbaho mashinalarni haydayotgan vaqtida bir necha marta ?paparatsiya nishoniga uchragan. Uning mashinalarini kuzatib, didi chakki emasligini bilish mumkin. Qo‘shiqchi garajida maxsus buyurtma asosida ishlangan Ferrari 458 Italia, Audi R8 va Porsche 911 Turbo, shuningdek, Lamborghini Gallardo hamda Land Rover Sport, 18-yoshga to‘lganida menejeri Skuter Braun tomonidan sovg‘?a qilingan Fisker Karma bor. Biberning mashina to‘plamida o‘zi xarid qilgan Lamborghini Aventador, Cadillac CTS-V va Ferrari F430 mashinalarini ham uchratish mumkin.

Dima Bilan

Rus estradasi xonandalarining hammasida ham avtomobil parki yo‘?q, ammo Dima Bilan bundan mustasno. Dimaning ilk mashinasi BMW 3 bo‘lgan. Keyinroq BMW 6, ayni vaqtda esa Mercedes-Benz GL haydaydi.

Leonardo Di Kaprio

Aktyor ekofaollardan biri ekanligi sabab uning garajida, asosan, ekologik avtolarni uchratish mumkin. Ulardan eng qimmatbahosi Fisker Karma bo‘lib, uning ichki elementlari odamlar tomonidan kesilgan emas, o‘zi qulagan daraxtdan ishlangan. Keyinchalik Leo Bleyk Layvlidan Toyota Prius sotib olgan. Shuningdek, Gollivud yulduzini bir necha marta CT 200h’dan RX Hybrid’gacha bo‘lgan Lexus’da uchratishgan.

Kayli Jenner

Dunyoning eng yosh boy xonimi egalik qiladigan narsalarni ko‘rib uncha-muncha odam havas qilsa arziydi. Kaylining shaxsiy avtoparki bor va unga nazar tashlansa, Ferrari Kaylining eng sevimli mashinasi ekanini bilish mumkin, negaki unda aynan ushbu mashinanining 6 xil modeli bor. Ulardan ikkitasi oq va havorang Ferrari Italia, uchtasi Ferrari 488 va yana ikkita La Ferrari. Faqat shuginami deb xulosa chiqarishga shoshmang: Jenner arsenalida Mercedes G-Wagon, Lamborghini Aventador, Mercedes Maybach va Rolls Royce Ghost hamda narxi qanchaligini tasavvur qilib bo‘lmaydigan 1930-yillarning vintaj uslubidagi Rolls Royce mashinasi ham bor.

Timati

Reper Timatining ham maqtanishga arzigulik shaxsiy avtoparkida Lamborghini Aventador, Ferrari 458 Italia, Audi R8 va Mercedes G63 AMG, qolaversa, Porsche Cayenne Turbo, Rolls-Royce Phantom mashinalari bor.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют