» » AQShda Mishel Obamaning yangi vitse-prezident bo‘lishini istovchilar ko‘paydi

AQShda Mishel Obamaning yangi vitse-prezident bo‘lishini istovchilar ko‘paydi


AQSh demokratik partiyasi vakillarining ko‘pchiligi partiya vakili Jo Bayden shu yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda yangi prezident sifatida saylanadigan bo‘lsa, mamlakatning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning vitse-prezident lavozimini egallashini istamoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashrning yozishicha Obama siyosatchilar orasida ham, Amerika fuqarolari orasida ham katta obro‘ga ega. Mishel demokratik partiyaning asosiy yulduzlaridan biri, YouGov 2019-yilda o‘tkazgan so‘rovnomada aktrisa Anjelina Jolini ortda qoldirib mamlakatdagi eng hurmatli ayol deb topilgan. Shuningdek, AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning rafiqasi o‘tgan yili 10 million nusxada sotilgan memuarlar tufayli mamlakatning eng ko‘p gonorar oluvchi yozuvchilaridan biri sifatida e’tirof qilingan.

Bayden ham bir necha marta Obamaning vitse-prezident bo‘lishini xohlashi haqida gapirgan. Biroq Politico nashrining qayd etishicha, sobiq birinchi xonim Bayden shtabi muhokama qilayotgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagan, sababi ayolning o‘zi siyosiy faoliyatga qiziqmasligini bildirgan.

Obama xonim o‘z memuarlarida ham AQSh vitse-prezidenti bo‘lishni istamasligini yozgan va hozir ham ushbu ahdidan qaytmaganini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir: Amerikaliklarning qariyb yarmidan ko‘pi Tramp 2020-yilgi saylovlarda g‘olib bo‘lishiga ishonadi

Mishelning maslahatchisi, turmush o‘rtog‘i, AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning do‘sti Valeri Jarrett nashrga bergan intervyusida saylovoldi jarayonlarda ishtirok etish sobiq birinchi xonimga yoqmasligini aytib o‘tdi. Jarrett Obamaning Baydenni qo‘llab-quvvatlashi, biroq siyosatda o‘zini bu qadar oliy o‘rinda ko‘rmayotganligini ta’kidladi. Barak Obamaning boshqa bir maslahatchisi Devid Akselrod esa Mishelning saylovoldi jarayonlarda Bayden bilan birga ishtirok etishidan hayratlanishi mumkinligini qayd etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, sobiq birinchi xonim siyosatda havaskor bo‘lgan, garchi boshqa odamlar uchun yaxshilik qilishga uringan bo‘lsa ham boshqaruvga intilmagan va siyosatdagi ko‘pchilikka xos tarzda ikkiyuzlamachilik qilmagan.

Mavzuga doir: Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi. Demokratlar partyasidan Jo Bayden nomzod bo‘ladi

17-aprelda Bayden Oq uyda o‘zi bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgan nomzodlar jamoasini tuzayotgani ma’lum bo‘lgandi. Siyosatchi jamoasiga kimlar kirgani va kimga qaysi lavozim mo‘ljal qilinayotganiga aniqlik kiritmagan. Bayden avvalroq hukumatda vitse-prezidentlik o‘rnida ayol rahbarni ko‘rishni istashini aytgandi.

Mavzuga doir: AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют