» » Hindistondagi Snapchat foydalanuvchilari ommaviy ravishda dasturni o‘chira boshladi

Hindistondagi Snapchat foydalanuvchilari ommaviy ravishda dasturni o‘chira boshladi


Snapchat’ning xorijiy mamlakatlarda tarqalishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda kompaniya asoschisi Evan Shpigel “kambag‘al mamlakatlarda” dasturning kelajagi yo‘qligi haqida gapirgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Dastur boy insonlar uchun mo‘ljallangan. Men uni Hindiston va Ispaniya kabi kambag‘al mamlakatlarda rivojlantirishni xohlamayman.

Evan Shpigel, Snapchat asoschisi

Evanning so‘zlari Snap’ning sobiq xodimi Antoni Pompliano kompaniyani dasturning statistikasini soxtalashtirishda ayblaganidan so‘ng ommaga ma’lum bo‘ldi.

Foydalanuvchilar o‘z noroziliklarini #Uninstallsnapchat heshtegi ostida bildirmoqda.

#Snapchat India is not poor! Your app is #uninstallsnapchat #snapchatceo

— Astosh Pereira (@PereiraAsh) April 15, 2017

Hindiston kambag‘al emas. Snapchat kambag‘al.

Snapchat CEO Evan Considers Us To Be Poor…..Let's Show Him The Power Of 1.25 Billion People.#Uninstallsnapchat

— Manan Dhingra (@manan_dhingra) April 15, 2017

CEO Snapchat bizni kambag‘al deb hisoblamoqda. Ularga 1,25 milliard kishining kuchini ko‘rsatib qo‘yaylik.

And the #Snapchat loses another 100million Indian users #uninstallsnapchat
PS: I never installed it on the the first place.

— Sarthak (@sarthaktw) April 15, 2017

Snapchat 100 million hindistonlik foydalanuvchini yo‘qotmoqda. Men uni hatto o‘rnatmaganman ham.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют