» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 612 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 612 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 22 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 612 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh viloyatida qayd etilgan — 151 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (133 kishi) va Jalolobod viloyati (109 kishi) joylashgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan bir sutka ichida koronavirus aniqlangan 38 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda statsionarlarda 351 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafari jonlantirish bo‘limida.

Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 7 kishi COVID-19 qurboniga aylandi. Hozirga qadar 254 davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют