» » O‘zbekiston futbolchilar eksporti bo‘yicha jahonda 81-o‘rinda qayd etildi, Osiyoda esa 6-pog‘onada

O‘zbekiston futbolchilar eksporti bo‘yicha jahonda 81-o‘rinda qayd etildi, Osiyoda esa 6-pog‘onada


Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 2019-yil uchun futbolchilari chet el ligalarida harakat qilgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Unda O‘zbekiston 81-o‘rinni egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda 28 nafar o‘zbekistonlik futbolchi chet elda faoliyat yuritgan, ularning 75 foizi oliy divizionlarda harakat qilgan.

Reytingni 1600 nafar futbolchi bilan Braziliya egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Fransiya (1027) va Argentina (972) qayd etilgan.

Umumiy miqdorda 186 mamlakatning hech bo‘lmaganda bir nafar futbolchisi legionerga aylangan. Kuchli uchlikdagi Braziliya, Fransiya va Argentina global futbolda deyarli chorak (22,5%) ish o‘rnini egallagan.

Osiyo vakillari ichida Yaponiya birinchi bo‘lib turibdi (161). Keyingi o‘rinlarda Avstraliya (124), Janubiy Koreya (121), Xitoy (29) va Eron (28) bormoqda. O‘zbekiston bu borada OFK mintaqasida oltinchi bo‘lib turibdi.

Ro‘yxatning eng yuqorisidan joy olgan 20 ta mamlakat bilan tanishing:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют