» » AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi

AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi


AQShda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) direktori Robert Redfild The Washington Post nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mamlakatga bu yil qishda hujum qiladigan virus oqibatlari biz yaqinda bosib o‘tganimizdan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin”, — degan u. Redfild koronavirusning yangi to‘lqini mavsumiy gripp epidemiyasiga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb hisoblaydi.

Uning fikricha, bir vaqtning o‘zida nafas olish kasalliklarining ikki turi tarqalishi sog‘liqni saqlash tizimiga tasavvur qilib bo‘lmaydigan yuk keltirib chiqarishi mumkin. Federal hokimiyat va AQSh shtatlari rahbariyati yaqin ikki oyni kelajakda ikki epidemiya paydo bo‘lishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishga sarflashi kerak.

Xususan, yozda sog‘liqni saqlash mas’ullari AQSh fuqarolariga grippga qarshi emlashning ahamiyatini yetkazishi kerak. Bu grippdan og‘ir kasallanganlar sonini kamaytirishga va kasalxonalarda koronavirusga chalinganlar uchun joylar yetishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, mamlakatda karantin choralari bosqichma-bosqich olib tashlanayotganiga qaramay, hukumat ijtimoiy masofalanish zaruratini ta’kidlashda davom etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Shanxaydagi pnevmoniyani davolash bo‘yicha ekspertlar guruhi rahbari Chjan Venxun 2020-yilning oxirigacha koronavirus ustidan g‘alaba qozonib bo‘lmasligini taxmin qilgan edi. U 2020-yilning noyabr oyida dunyo bo‘yicha koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi, biroq uning oqibatlari hozirgidek og‘ir bo‘lmasligini, ikkinchi to‘lqindan sog‘liqni saqlash tizimi takomillashmagan Afrika va Janubiy Amerika davlatlari ko‘proq jabr ko‘rishini aytgandi.

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritgandi.

Mavzuga doir: Oksford universiteti tadqiqotchilari O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining keyingi taqdirini prognoz qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют