» » AQShda 44 yil garajda turgan Mercedes-Benz 1 mln dollarga baholanmoqda

AQShda 44 yil garajda turgan Mercedes-Benz 1 mln dollarga baholanmoqda


Amerikaning Indiana shtatidagi tashlandiq garajdan 1960-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 300 SL topildi. 44 yil davomida harakatsiz turgan avtomobil 1,095 million dollarga sotilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Ushbu avtomobilning egasi uni 1976-yilda sotib olgan, biroq xaridni amalga oshirganidan ko‘p o‘tmay garajga joylashtirgan va o‘shandan buyon mashina yurmagan. 44 yillik odometrga ko‘ra, mashina 23 429 kilometr yo‘l bosgan.

Mazkur rodster ishlab chiqarilganida Mercedes konveyridan shu turdagi kuzovli 249 nusxa model chiqarilgan. Shu bilan birga, garajdan topilgan nusxa noyob kulrang-ko‘k rangga bo‘yalgan, saloni ham ko‘k rangda. Mashina egalaridan biri uni kulrangga bo‘yashga, salonini esa qora mato bilan yopishga qaror qilgan. Shu kabi o‘zgartirishlar bo‘lmaganida avtomobil narxi bundan ham qimmatroq bo‘lar edi.

Mavzuga doir: 

Mercedes-Benz 300 SL rodsterlari 1957-yildan 1963-yilga qadar 1458 nusxada ishlab chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют