» » Qamashi hokimligi avariya holatidagi koprikni tamirlashdan kora qayta qurish kerakligini aytdi

Qamashi hokimligi avariya holatidagi koprikni tamirlashdan kora qayta qurish kerakligini aytdi


Qamashi tuman hokimligi Qoshkapa mahallasida 7 ming aholiga xizmat korsatayotgan koprik tamiridan voz kechganini bildirdi. Hokimlikka kora koprik tamiri kutilgan natijani bermaydi. Shu boisdan ham tuman hokimligi va viloyat rahbariyati tamirlash ishlarini boshlamagan.

Ushbu koprik bir necha oydan buyon mahalliy aholini tashvishga solib kelayotgani rost. Qoshkapada joylashgan ushbu koprikni dastlab tamirlash rejalashtirilgan edi. Ravshan zar shoba xojalik jamiyati bilan 420 million somlik shartnoma ham tuzilgandi. Biroq ish jarayonida malum boldiki, ushbu koprikni tamirlash kutilgan natijani bermas ekan. Yangi loyiha asosida yangi koprik qurilishi kerak degan xulosaga kelindi.Kopchilikni koprikning keyingi taqdiri qanday bolishi qiziqtiradi. Shaxsan men uchun ham koprikning mustahkam, zamonaviy bolishi juda muhim, deydiushbu holatga aniqlik kiritib, Qamashi tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xojalik masalalari boyicha orinbosari Qurbon Haydarov.

Hozirda viloyat hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga inqirozga qarshi kurashish jamgarmasi hisobidan Qamashi tumani Qoshkapa mahalla fuqarolar yiginidagi koprikni qayta qurish taklifi berilgani malum qilindi.

Shuningdek, taklifda 1 milliard 575 million somlik loyiha nazarda tutilgan, deyiladi Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati malumotida.

Eslatib otamiz, mazkur koprik betoni 2019-yilning sentabr oyida siljib, foydalanish uchun xavfli holatga kelgani uchun bir oyga yopilgan edi. Qamashi hokimi orinbosari esa koprik tez orada tamirlanishini aytgandi. Viloyat hokimligi koprik tamiri uchun kamida 400 million som ajratilishini elon qilgan edi.

Mavzuga doir:

Daryoda joriy yil 18-aprel kuni elon qilingan maqoladaQoshkapa qishlogidagi tamirtalab koprik sel kelishi oqibatida yana ham xavfli holatga kelib qolgani, qishloq ahli esa koprikning qulashidan xavotirdaligi tilga olingandi.

Mavzuga doir:Qamashida avariya holatidagi koprikning yana bir tomonini sel yuvib ketdi. Qashqadaryo hokimligi uni tamirlash haqida yetti oy avval vada bergandi



Manba: Daryo.uz
: admin (22-04-2020, 13:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -