» » Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali 30 km yura oladigan yangi elektrosamokat taqdim etdi

Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali 30 km yura oladigan yangi elektrosamokat taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi dunyoga birinchi navbatda o‘zining smartfonlari bilan tanilgan, biroq Xitoy kompaniyasi boshqa ko‘plab qurilmalarni ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Xiaomi turli maishiy buyumlar, kompyuterlar va hatto sport kiyimini ham taklif etishga tayyor. Kuni kecha kompaniya zamonaviy Xiaomi Electric Scooter 1S (Xiaomi 1S) elektrosamokatini taqdim etdi, deb xabar beradi 3DNews.

Mazkur model 2016-yilda taqdim etilgan elektrosamokat o‘rnini egallaydi. Yangi elektrosamokatning tormoz tizimi, shuningdek, tezlik va quvvat haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi interfaol vizual paneli yaxshilangan.

Elektrosamokat batareyalari bir marta quvvatlanish orqali 30 kilometrgacha yo‘l bosa oladi, biroq yangi model rekuperatsiya texnologiyasini (qayta qabul qilish) qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Samokat uchta rejimda ishlaydi: energiya tejamkor (ECO), standart (D), shuningdek, sport (S). Rejimlarni tanlash uchun rulga o‘rnatilgan raqamli displeydagi yagona tugmani ikki marotaba bosish kerak.

Elektrosamokat Zhilian Mijia dasturi yordamida ishlaydi. Buning yordamida turli ma’lumotlarni olish bilan birga, elektrosamokatni “proshivka”sini yangilash yoki yurgan yo‘llar haqida ma’lumotlarni tekshirish mumkin.

Xiaomi 1S’ning og‘irligi 12,5 kilogrammni tashkil etadi, hozirda model Xitoyda 283 dollardan sotilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют