» » Rossiyada COVID-19 qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Kasallanganlar soni 58 ming kishiga yaqinlashdi

Rossiyada COVID-19 qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Kasallanganlar soni 58 ming kishiga yaqinlashdi


22-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 5236 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakatning Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

Shunday qilib, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 57 999 kishiga yetdi.

O‘tgan bir sutka ichida COVID-19 oqibatida 57 kishi vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 513 kishiga yetdi, 4420 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi (o‘tgan bir sutka ichida 547 kishi).

Shuningdek, Rossiyada 21-aprel kuni koronavirusni aniqlash bo‘yicha 109 mingga yaqin test o‘tkazilgan. Hozirga qadar butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha jami 2,2 millionga yaqin test amalga oshirilgan.

20-aprel kuni Rossiyada 5 642 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan, 51 kishi esa vafot etgan — bu mamlakatda bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord hisoblanayotgandi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishga buyruq bergani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Vladikavkazda izolyatsiya rejimi sabab qiyin ahvolda qolgan aholi ommaviy norozilik o‘tkazdi

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют