» » Robert Pattinson ishtirokidagi “Betmen”ning taqdimoti koronavirus tufayli 2021-yilning kuziga qoldirildi

Robert Pattinson ishtirokidagi “Betmen”ning taqdimoti koronavirus tufayli 2021-yilning kuziga qoldirildi


Warner Bros. kinostudiyasi koronavirus pandemiyasi tufayli bir necha filmlar taqdimotini qoldirdi, deb yozadi Deadline.

Shunday qilib, Robert Pattinson ishtirokidagi yangi “Betmen”ning 2021-yilning iyuniga mo‘ljallangan taqdimoti 2021-yilning 1-oktabriga qoldirildi. Bu studiyaning mart oyi o‘rtasida koronavirus tufayli suratga olish jarayonlarini to‘xtatgani bilan bog‘liq.

Rejissor Mett Rivzning so‘zlariga ko‘ra, yangi filmda tomoshabinlar Betmenning “qora” tarixini ko‘radi. “Yangi ‘Betmen’da detektiv avvalgilaridan ko‘p. ‘Betmen’ dunyodagi eng buyuk detektiv bo‘lishi kerak, hatto ssenariy uning atrofida qurilmasa ham”, — deydi Rivz.

Filmda Robert Pattinsondan tashqari Jeffri Rayt, Zoi Kravits va Kolin Farrell rol ijro etadi.

Shuningdek, Warner Bros. “Flesh” filmi taqdimoti 2022-yilning 3-iyuniga, “Shazam” filmi taqdimoti esa 2022-yilning 4-noyabriga qoldirilganini ham ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Disney premyeralar jadvalini yangiladi. “Qora beva” noyabrda, “Mulan” iyulda namoyish etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют