» » Eron o‘zining ilk harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirganini ma’lum qildi

Eron o‘zining ilk harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirganini ma’lum qildi


Eron hukumati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orbitaga mamlakat tarixida birinchi bor harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan kosmik apparatni uchirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron televideniyesiga tayanib, Reuters xabar berdi.

“Nur” nomini olgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga ikki pog‘onali raketa-tashuvchi yordamida mamlakatning markaziy qismidagi kosmodromdan uchirilgan.

Hozircha boshqa manbalar sun’iy yo‘ldosh uchirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Avvalroq Eron kosmik apparatni orbitaga uchirish bo‘yicha bir necha muvaffaqiyatsiz sinovlarni o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta’kidlanishicha, ballistik raketalar dasturi yordamida sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishda foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: BAA ayollar ham fazoga parvoz qilishi mumkinligini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabrida Eron o‘z fazogirini koinotga yuborishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют