» » Roberto Karlos: “Real”ga o‘tishim 10 daqiqada hal bo‘lgandi

Roberto Karlos: “Real”ga o‘tishim 10 daqiqada hal bo‘lgandi


Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos 1996-yilda “Inter”dan “Real”ga o‘tganini yodga oldi.

Eng qiyin raqib haqida

“Eto’O, Xoakin... Biroq hammasidan qiyini Figuga qarshi o‘ynash edi. U himoyachilarning joniga tegadigan futbolchi edi. Ajoyib o‘yinchi”.

“Real”ga o‘tishi haqida

“Men qanotda o‘ynardim. Muammo shundaki, dastlabki yetti o‘yinda yettita gol urdim. 1995-yilda meni oldinga chiziqda sinab ko‘rish qaroriga kelishdi, buning evaziga juda qiynaldim.

“Inter” prezidenti Moratti bilan suhbatlashdim. Uch oydan so‘ng Amerika Kubogi musobaqasi borligi va shu sabab oldingi chiziqda o‘ynay olmasligimni unga tushuntirdim.

O‘sha kuni “Real” prezidenti Lorenso Sans bilan ham uchrashdim. Oradan o‘n daqiqa o‘tib “Real” futbolchisiga aylandim. U vaqtda barchasi tez ro‘y berardi”, — deydi Karlos.

1996-yilning yozida Karlos 4,8 million dollar evaziga “Inter”dan madridliklar safiga yo‘l oladi. Braziliyalik qanot himoyachisi “Real” safida umumiy 584 ta o‘yin o‘tkazib, 75 ta gol uradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют