» » O‘zbekistonlik aktrisa Feruza Saidova Qirg‘izistonning “Ak ilbirs—2017” Milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik aktrisa Feruza Saidova Qirg‘izistonning “Ak ilbirs—2017” Milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi


14-aprel kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Ak ilbirs—2017” Milliy mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.

Ushbu mukofotga o‘zbekistonlik rejissor Zulfiqor Musoqovning “Xazonrezgi” filmi uch nominatsiyada nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.

Taqdirlash marosimida mazkur filmdagi bosh rolni gavdalantirgan aktrisa Feruza Saidova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi. Bu haqda film operatori Azizbek Arzikulov o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Mazkur nominatsiyada aktrisa bilan Tojikiston va Qozog‘iston aktrisalarining nomzodi qo‘yilgandi.

Nashr eslatishicha, “Xazonrezgi” “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi”, “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktyori», “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyalarida mukofotga da’vogarlik qilayotgan edi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют