» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun hujjatlarini topshirgan talabalarning natijalari yaqin kunlarda tasdiqlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun hujjatlarini topshirgan talabalarning natijalari yaqin kunlarda tasdiqlanadi


Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun hujjat topshirgan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan boshlangan masofaviy ta’limga jalb etilgan. Bu haqda 22-aprel kuni AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev brifingda ma’lum qildi.

Brifingda Farhod Babashevning ma’lum qilishicha, qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun ariza (hujjat) topshirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi yoki dastlabki ma’lumotni OTM rasmiy saytidan olishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi

“Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun 15-fevralgacha hujjat topshirgan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 1-aprelda boshlangan masofaviy ta’limga jalb etilgan. 15-fevraldan keyin hujjatlarini topshirgan talabalar natijalari Davlat komissiyasi tomonidan yaqin kunlarda tasdiqlanadi. Shundan keyin ushbu toifadagi talabalar ham masofaviy ta’lim jarayonida ishtirok etadi. Karantin muddati yakunlangach, tegishli hujjatlarni to‘liq topshirish imkoniyati beriladi”, — dedi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi vakili.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют