» » Volkswagen 200 ming mijozga 620 mln yevro kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

Volkswagen 200 ming mijozga 620 mln yevro kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi


Volkswagen kompaniyasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal ittifoqi (VZBV) tomonidan 260 ming xaridorning e’tirozlari inobatga olinib kiritilgan kollektiv da’vo arizasini sud jarayonlariga qadar hal etishga va kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi. Konsern 200 ming xaridor bilan kelishishga muvaffaq bo‘lgan va ularning foydasiga 620 million yevro to‘laydi, deb xabar qiladi Motor.

Dizelgeyt tarixidagi eng katta kollektiv da’vo arizasi kompaniyaning 260 ming mijozi tomonidan berilgan bo‘lib, ular jami 830 million yevro kompensatsiya talab qilmoqda. Da’vo mualliflarining ta’kidlashicha, Volkswagen rahbariyatining beparvoligi sabab dizel mashinalaridan atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalar qiymati pasaytirib ko‘rsatilgan, bu esa ikkilamchi bozorda mashinalar narxining tushib ketishiga olib kelgan. Kompaniya avtomobil ishlab chiqarilgan yilga qarab har bir iste’molchiga 1350—6250 yevro atrofida kompensatsiya to‘laydi.

Avvalroq barcha to‘lovlar maxsus elektron platforma yordamida amalga oshirilishi ma’lum bo‘lgandi. Kompaniya qaroriga rozi bo‘lmaganlar individual tartibda da’vo kiritishlari mumkin. Biroq u holda ishni ko‘rib chiqish 2020-yilning oktabriga qadar cho‘zilib ketadi. Bundan tashqari, Germaniya fuqarosi bo‘lmagan yoki mashinani 2015-yil 31-dekabrdan keyin sotib olganlarga kompensatsiya to‘lanmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют