» » Shimoliy Koreyaga Kim Chen Inning singlisi rahbarlik qilishi mumkin

Shimoliy Koreyaga Kim Chen Inning singlisi rahbarlik qilishi mumkin


Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda, Yaponiya Yomiuri gazetasining Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar bilan tanish bo‘lgan manbaga tayanib xabar berishicha, mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon paydo bo‘ladi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning oxirida Leyboristlar partiyasi Markaziy qo‘mitasining yalpi majlisida agar Kim Chen In vafot etsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra mamlakatni boshqarish layoqatini yo‘qotsa uning o‘rnini singlisi Kim Yo Chjon egallashi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, ushbu qarordan keyin partiya rahbarlari va harbiylarga ko‘plab ko‘rsatmalar ayolning nomidan kelishni boshlagan.

KXDR rahbarining singlisi Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab turibdi. U ham Shveysariyada tahsil olganligi ma’lum va Kim Chen Inning sherigi, shuningdek, mamlakatdagi ikkinchi nufuzli shaxsdir. Mart oyida uning nomidan birinchi rasmiy xalqaro bayonot e’lon qilingan.

21-aprel kuni CNN razvedka xodimlariga tayanib, operatsiyadan keyin Kim Chen In og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qilgan. Keyinchalik Janubiy Koreyaning Yonxap agentligi Shimoliy Koreya yetakchisining salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Buni Shimoliy Koreya prezidenti ma’muriyati vakili ham tasdiqlagan.

Shu bilan birga, Reuters agentligi Shimoliy Koreyadagi rasmiylar va OAVlari o‘zlarini juda g‘alati tutib Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlarga hech qanday munosabat bildirmaganini qayd etgan. Ilgari ular turli xil mish-mishlarga tezda munosabat bildirishgan va rad etishgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz,  Daily NK Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini, hozirda KXDR yetakchisi sog‘lig‘ini qayta tiklayotganini ma’lum qilgandi.

CNN esa Kim Chen In so‘nggi marta 11-aprel kuni ommaga ko‘rinish bergani, shuningdek, u Kim Ir Sen tug‘ilganiga 108 yil to‘lishi munosabati bilan 15-apreldagi marosimni o‘tkazib yuborganini yozgandi.

Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirib, “Hech kim buni tasdiqlamadi. CNN bu kabi xabarlar bilan chiqsa, men ularga unchalik ishonmayman”, — deb aytgan va sog‘lig‘i chindan ham yomon bo‘lsa, u holda uning sog‘ayib ketishini tilagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют