» » Oliy ta’lim vazirligi talabalarning masofaviy o‘qitish platformasiga kirishda kuzatilayotgan muammolarga izoh berdi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning masofaviy o‘qitish platformasiga kirishda kuzatilayotgan muammolarga izoh berdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev 22-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda hozirgi kunda platformaning texnik holati bo‘yicha barcha muammolar bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Farhod Babashevning xabar berishicha, barcha oliy ta’lim muassasalarining (OTM) masofaviy o‘qitish platformasiga (https://dist.edu.uz/) kuniga 50 mingdan ortiq murojaat bo‘layotgani, platformaning real vaqt rejimidagi yuklamasi ortishiga olib kelmoqda.

“Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida platforma joylashtirilgan server qurilmalarining texnik imkoniyatlari kengaytirildi va internet tezligi ikki barobarga oshirildi. Hozirgi kunda platformaning texnik holati bo‘yicha barcha muammolar bartaraf etildi”, — dedi Babashev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, talabalarning bir qismi respublikaning chekka hududlarida yashashlaridan kelib chiqib, platformadan foydalanish joylardagi simli va mobil internet tezligiga ham bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют