» » Kim Chen In Pxenyandagi harbiy parad ishtirokchilari uchun konsertga tashrif buyurdi

Kim Chen In Pxenyandagi harbiy parad ishtirokchilari uchun konsertga tashrif buyurdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Xizmat ko‘rsatgan davlat xorining konsertiga tashrif buyurdi. Konsert xalq respublikasi asoschisi Kim Ir Sen tug‘ilgan kunining 105 yilligi munosabati bilan tashkil etildi, deb yozadi “TASS”.

15-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tgan tadbir milliy bayramga bag‘ishlangan harbiy parad ishtirokchilari uchun tashkil etildi.

Konsertdan so‘ng davlat rahbari harbiy parad ishtirokchilari bundan keyin ham o‘z missiyasini sharaf bilan bajarishda davom etishiga ishonch bildirdi.

Pxenyan markaziy maydonida bo‘lib o‘tgan katta paradda KXDR yetakchisi ham qatnashdi. Kim Ir Sen nomidagi maydondan zirhli texnika: tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, quruqlikdagi qo‘shinlar jangovar mashinalari o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют