» » “Pandemiyadan keyin dunyo asl holiga qaytmaydi”. Pavel Durov koronavirusdan keyingi hayot haqida

“Pandemiyadan keyin dunyo asl holiga qaytmaydi”. Pavel Durov koronavirusdan keyingi hayot haqida


“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo sivilizatsion siljishga duch kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u o‘zini Telegram kanalida yozib qoldirdi.

Pavel Durov koronavirus tarqalishini butun insoniyat uchun tahdid, deb atadi. “Pandemiya tugaganda dunyo normal holatga qaytmaydi. Yaqin vaqtlarda paydo bo‘ladigan yangi dunyo biz ortda qoldirayotgandan yaxshiroq bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq”, — degan u.

Durov izolyatsiyani o‘zimizni isloh qilish uchun, texnologiyalarga esa o‘z ahamiyatini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat, deb hisoblamoqda.

Messenjer asoschisi Telegram shu oyda 17 ta davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklarining kanallariga verifikatsiya (rasmiy belgi) berib, rivojlantira boshlaganini ma’lum qildi. Ular orasida O‘zbekistonda koronavirus haqida rasmiy ma’lumot beruvchi Koronavirus Info kanali ham bor.

Shuningdek, Telegram hukumat bilan hamkorlik qiladigan kompaniya emasligini, biroq koronavirus haqida ma’lumot tarqatishda davlatga yordam berish uchun muayyan holatda istisno qilinganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Telegram bunga qo‘shimcha tarzda o‘zini yakkalash vaqtida ta’lim olishni osonlashtiruvchi loyihani taqdim etishini ma’lum qildi. Durov tez orada loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumot berishni va’da qildi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 2,5 milliondan oshdi. Eng ko‘p kasallanish AQSh, Ispaniya, Italiya, Fransiyada qayd etilgan. Butun dunyoda koronavirusdan 177,2 kishi vafot etgan, 665 mingdan ortiq bemor tuzalgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют