» » Jizzaxda karantin vaqtida faoliyat yuritgan kompyuterxona egasi jazolandi

Jizzaxda karantin vaqtida faoliyat yuritgan kompyuterxona egasi jazolandi


Jizzaxda karantin vaqtida faoliyat yuritgan kompyuterxona egasi javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 21-aprel, seshanba kuni, Jizzax shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan M.Y. G‘afur G‘ulom nomidagi mahallada joylashgan kompyuterxonada 3 nafar fuqaroga kompyuter o‘yinlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, vazirlik xabarida qayd etilishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 89 521 ta holat aniqlangan. Ularning soni:

Avvalroq Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi aniqlangani, Jizzaxdagi karaoke-barda karantinga qaramay mijozlar qabul qilingani, Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют