» » Buxorodagi Xo‘ja Kalon masjidi oldidagi hovuz tegishli ruxsatsiz buzilgani va ta’mirlash ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi

Buxorodagi Xo‘ja Kalon masjidi oldidagi hovuz tegishli ruxsatsiz buzilgani va ta’mirlash ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi oldida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari aks etgan suratlar tarqaldi. Suratlarda masjid oldidagi hovuz va uning atrofi buzilganini ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari karantin davrida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, vazirlik huzuridagi Madaniy meros departamenti Buxoro shahridagi XVI asrga mansub Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi borasida OAVlarda tarqalayotgan ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda.

2020-yilning 14-aprel kuni Buxoro viloyati madaniy meros inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar hokimligiga Xo‘ja Kalon masjidi oldida ta’mirlash ishlarini to‘xtatish to‘g‘risida xat kiritilgan.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli qaroriga muvofiq, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentidan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Buxoro shahridagi Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi 1573—1579-yillarda qurilgan bo‘lib, madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan obyekt hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda yodgorlik oldida joylashgan hovuzni ta’mirlash ishlari Buxoro viloyati hokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ammo tartibga ko‘ra, O‘zbekiston hududida joylashgan barcha moddiy madaniy meros obyektlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi zarur. Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashiga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar taqdim etilgan holda, kengashning xulosasiga ko‘ra tiklash ishlarini olib borish mumkin.

Voqea yuzasidan Madaniy meros departamenti o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют