» » Mirziyoyev va Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish niyatida

Mirziyoyev va Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish niyatida


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on 22-aprel, chorshanba kuni, telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbarlari Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-birlari va birodar xalqlarga sihat-salomatlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Turkiyada keng nishonlanadigan davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan ham tabrikladi.

Muloqotda prezidentlar yangi global xatar — koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Xususan, tomonlar mamlakatda pandemiyaga qarshi kurash, shuningdek, ushbu xavfli kasallik oqibatlarining amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarga va inqirozga qarshi qabul qilinayotgan choralar samaradorligiga salbiy ta’sirining oldini olish borasida ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Davlat rahbarlari 10-aprel kuni koronavirusga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va sa’y-harakatlarni birlashtirish masalalariga bag‘ishlab videoanjuman tarzida o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi navbatdan tashqari sammitining samarali natijalarini yuksak baholadi.

Jumladan, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, amaliy tajriba almashish va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal qilish uchun o‘zaro muvofiqlashgan tarzda ishlash maqsadida yaqin kunlarda Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash va transport vazirliklari rahbarlarining turkum onlayn-uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Suhbatda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatga doir qator dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

22-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1692 nafarga yetdi. Turkiyada esa kasallanganlar soni 95 591 kishini tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют