» » Andrey Kanchelskis Superliga qachon boshlanishi, Ahmedov va Shomurodov haqida

Andrey Kanchelskis Superliga qachon boshlanishi, Ahmedov va Shomurodov haqida


“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiyaning “Sport-Ekspress” saytiga intervyu berdi.

— “Rostov”da yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodov Angliya chempionatiga ketib, tavakkalchilik qilishi to‘g‘ri bo‘ladimi?

— Nega endi yo‘q? Eldor — o‘ziga xos yigit. Undan avval boshqa bir o‘zbek — Odil Ahmedov “Anji” va “Krasnodar”da juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. U Namangandan, bu yerda bolalar futbol maktabini ochdi, yaqinda mahalliy shifoxonalarga yordam yubordi.

— 2020-yil oxirida Ahmedovning “Shanxay SIPG” bilan shartnomasi tugaydi. Uni “Navbahor”ga chaqirasizmi?

— Jamoamda allaqachon bitta Ahmedov bor (kuladi). Yoniga akasini olishni taklif qilyapsizmi? Ko‘ramiz, vaqt ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: “Bekhemga yo‘l bo‘shatganimdan xursandman” — Andrey Kanchelskis

— O‘zbekiston chempionatini davom ettirishdan darak bormi?

— Yaqinda Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze va federatsiya bilan videokonferensiya orqali bu masalani muhokama qildik. Hozircha hech kim bilmaydi. Bizga jim o‘tirish va yangilik kutishni tavsiya qilishdi, — deydi Kanchelskis.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют