» » Ramzan Qodirov erkaklarga sochini kalga oldirishni tavsiya qildi. Uning o‘zi ham xuddi shunday yo‘l tutdi (video)

Ramzan Qodirov erkaklarga sochini kalga oldirishni tavsiya qildi. Uning o‘zi ham xuddi shunday yo‘l tutdi (video)


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov sochini kalga oldirdi. “Grozniy Tv” telekanalining Instagram’dagi sahifasiga sochini olib tashlagan Ramzan Qodirovning murojaati joylashtirildi. Unda Qodirov chechen tilida gapiradi.

View this post on Instagram

??????Обращение Главы Чеченской Республики, Героя России Рамзана Кадырова к мужской части населения Чеченской Республики.

A post shared by Телерадиокомпания «Грозный» (@groznytv) on

“Bizda hamma sartaroshxonalar yopiq, shuning uchun men ota-bobolarimiz qilgan ishni qilib, sochimni kalga oldirdim”, — deydi Qodirov.

Checheniston rahbari islom dinida sochni kalga oldirish ma’qul amal hisoblanishini aytib, barcha erkaklarga shunday yo‘l tutishni maslahat bergan.

Qodirov koronavirusga qarshi kurashish shtabining yig‘ilishidan bir kun o‘tib kal bo‘lgan. Ushbu yig‘ilishda mahalliy aholi vakillaridan biri undan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlarining ochilish ehtimoli haqida so‘ragan.

“Muqaddas Ramazon oyi yaqinlashmoqda. Erkaklarga kal bo‘lib, boshga biroz dam berishni maslahat beraman” — deb javob bergan ushbu savolga Qodirov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют