» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-aprel, chorshanba kuni, global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident yig‘ilishda so‘zlagan nutqida butun O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Mana, jonajon Vatanimizga Ramazoni sharif kirib kelmoqda.

Ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-u saodat yor bo‘lishini tilayman.

Bugungi o‘tkinchi qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazoni sharif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayz-baraka baxsh etadi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda qiladi, deb ishonaman.

Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin mamlakatlardagi mo‘min-musulmon birodarlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan tinchlik va farovonlik tilayman.

Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan shahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat bo‘ladi.

Mana shu muborak oyda barchamiz tutgan ro‘zalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz sharofati bilan barcha mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham ushbu ofatdan tezroq xalos etishini Yaratgan Parvardigordan so‘rab qolamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanadi. Avvalroq O‘zbekistonning barcha hududlari uchun saharlik va iftorlik vaqtlari ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistoon Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon oyi bilan tabriklagani haqida avvalroq xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют