» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga og‘ishmay amal qilayotgan, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgan barcha yurtdoshlarimizga yana bir marta rahmat aytaman”, — dedi Prezident.

Fursatdan foydalanib, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan jonkuyar shifokorlarimizga, ular bilan bir safda turib xizmat qilayotgan xorijiy vrachlarga, shuningdek, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, kasallikdan 450 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют