» » O‘zbekistonda karantin davrida ham 11 ta tijorat banki onlayn tarzda mikroqarz berayotgani aytildi

O‘zbekistonda karantin davrida ham 11 ta tijorat banki onlayn tarzda mikroqarz berayotgani aytildi


Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va bank mijozlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda 22-aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bank vakili so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Markaziy bank jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarovning aytishicha, mijozlar uchun banklarning mobil ilovalari orqali onlayn ravishda (uyda o‘tirgan holda) kommunal va soliq to‘lovlari, pul o‘tkazmalari, omonat operatsiyalari kabi muhim bank xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Agar mijozlarda kreditga ehtiyoj paydo bo‘lgan taqdirda, ular tegishli bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarzlar va kredit kartalari kabi bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Hozirgi kunda doimiy ish haqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tijorat banklarining mobil ilova dasturlaridan foydalanib, bank kartalari yordamida onlayn mikroqarz olish imkoniyatiga ega. Ushbu xizmat turlari 11 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilmoqda.

Mazkur xizmat turlari va ularning shartlari bilan banklarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda mobil ilovalari orqali axborot olish mumkin. Tez orada boshqa tijorat banklari ham ushbu xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilgan.

Akmal Nazarov, Markaziy bank jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют