» » O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi

O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi.

Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xo‘jaliklarida, sanitar-epidemiologik normalarga qat’iy amal qilgan holda ishlar asta-sekin boshlandi.

Yig‘ilish chog‘ida Shavkat Mirziyoyev dalalarda, tomorqalarda ter to‘kib, halol mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarga, klaster xo‘jaliklari rahbarlari va ishchi-xizmatchilarga minnatdorchlik bildirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi

“Ayni paytda biz 34 millionli xalqimizni oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan kafolatlangan holda ta’minlash, fuqarolar daromadlarining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, yordam va ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashdek g‘oyat dolzarb vazifani ham kechiktirmasdan hal qilishimiz kerak.

Buning uchun iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlari barqaror ishlashi shart. Ko‘rinib turganidek, biz bir vaqtning o‘zida qator murakkab vazifalarni yechishimiz zarur”, — dedi davlat rahbari.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev karantin davrida qurilish hajmi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi va koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют