» » BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi


Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlamasa, dunyoda 30 yaqin mamlakat koronavirus pandemiyasi tufayli ocharchilikka duch kelishi mumkin. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) ijrochi direktori Devid Bizli ma’lum qildi.

WFP ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil yakunidan boshlab dunyoda 265 million kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lib, koronavirus tufayli 130 million odam ochlik yoqasida qolgandi.

Dasturning yetakchi iqtisodchisi Arif Husseynning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi va iqtisodiy tanazzul shundoq ham ocharchilik hukm surayotgan mamlakatlar aholisiga qattiq ta’sir qildi.

Mavzuga doir: Vladikavkazda izolyatsiya rejimi sabab qiyin ahvolda qolgan aholi ommaviy norozilik o‘tkazdi

Gap birinchi navbatda dunyo bo‘yicha och qolganlarning yarmi yashovchi Afrika davlatlari haqida ketmoqda. Ocharchilikka duch kelganlarning yana 43 million nafari Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlarida, 18,3 million nafari Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlarida yashaydi.

Devid Bizli koronavirus pandemiyasini Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yomon gumanitar inqiroz, deb atadi. Uning aytishicha, WFP yordamisiz uch oy davomida har kuni 300 ming kishi ochlikdan vafot etadi. Bu raqamlarga COVID-19 pandemiyasi qurbonlari soni qo‘shilmaganini ta’kidlagan.

Dastur ssenariylarining biriga ko‘ra, ochlik dunyoning 30 mamlakatida tarqaladi. Ularning o‘ntasida hozirning o‘zidayoq millionga yaqin kishi ochlikdan o‘lish yoqasida turibdi.

Aprel oyining boshlarida BMT koronavirus tufayli arab davlatlarida 8,3 million kishi qashshoqlikka duch kelishini, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlar soni 2 millionga ko‘payishini ma’lum qilgandi. Hozirgi paytdayoq arab davlatlarida 101 milliondan ortiq kishi qashshoqlik yoqasida, 52 million kishi esa to‘yib ovqatlanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgi global inqiroz va koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash maqsadida Prezidentning yangi qaror loyihasi e’lon qilingan.

Mavzuga doir: Karantin va mavhumlik paytida aholini oziq-ovqat bilan uzluksiz ta’minlash uchun uch muhim sabab



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют