» » Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-aprel, chorshanba kuni, aholi bandligini ta’minlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sababli dunyodagi millionlab korxona va tashkilotlar o‘z faoliyatini to‘xtatgani 2 milliard 700 million ishchiga ta’sir ko‘rsatgan. Jahonda kambag‘al aholi soni qariyb 2 baravarga yoki 500 million kishiga ko‘payish xavfi yuzaga kelmoqda.

O‘zbekistonda karantin tufayli 196 mingta korxonada ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi keskin kamaygan. Karantin tufayli, tabiiyki, ishsizlar soni ham oshgan.

Buni aprel oyidagi 20 kunlik soliq tushumlarida ham kuzatish mumkin. Jumladan, qator viloyatlarda 30-40 foiz, ayrim tuman va shaharlarda esa 50 foizdan ziyod tushum ta’minlanmagan.

Videoselektorda bunday og‘ir sharoitda bir qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, jumladan, bir oy ilgari qabul qilgan 2 ta qarorga asosan, hozirga kelib nafaqa va moddiy yordam oladigan bolali oilalar soni 595 mingdan 655 mingga, ya’ni 60 mingtaga ko‘paytirilgani, shuningdek, aholining kreditlar bo‘yicha 3 trillion 260 milliard so‘mlik to‘lovlari muddati uzaytirilgani ta’kidlab o‘tilgan.

Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 141 ming 800 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berilgan. Shu bilan birga, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 219 ming oilaga oziq-ovqat va sanitariya-gigiyena mahsulotlari tarqatilgan.

Biroq Prezident shu bilangina cheklanib qolib bo‘lmasligini kun sayin o‘zgarayotgan vaziyat aholi bandligini ta’minlash va muhtoj oilalarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilayotganini ta’kidlagan.

Yig‘ilishda karantin cheklovlari sababli vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi Samarqand va Namangan viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar misolida muhokama qilingan.

Tadbirkor va fermerlar kambag‘al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordam berishi, takroriy ekin uchun o‘z yeridan joy ajratishi, kasanachilikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishi lozimligi, davlat esa bunday subyektlarga soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, muddatini kechiktirishga ruxsat beradi yoki kredit ajratishi aytildi.

Misol uchun, Samarqand viloyatida “Agromir” korxonasi rahbari bir mingta oilani qaramog‘iga olib, 600 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etish ishlarini boshlagan. 500 dan ziyod kambag‘al oilani kooperativga doimiy ishga olib, yangi tokzorlar orasini ularga bo‘lib bergan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Qirq kunda hosil olsa bo‘ladigan bodring urug‘ini tarqatib, ekish harakatlarini boshlagan. Qurilish ishlariga yana 100 ta odamni ishga olgan.

Samarqand shahridagi “Aziya metall prof” korxonasi rahbari mingta oilaga oziq-ovqat tarqatgani, 10 ga yaqin ehtiyojmand oilaga uy qurib berish, 100 nafarini ishga olish tashabbusi bilan chiqqani yana bir misol sifatida qayd etib o‘tilgan. Shuningdek, Namangan viloyatidagi “Art soft” klasteri ta’sischilari Namangan shahri, Pop, Mingbuloq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 3 ming nafar oilaga yordam berish tashabbusini bildirgan.

Bu boradagi tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi mas’ulligida vazirlik va hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi operativ shtab tuziladi.

Yig‘ilishda barcha tuman va shaharlarda ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlab, shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasidagi ishlarni manzilli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Karantindan oldin ham ishsiz bo‘lgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan odamlarni faol mehnat orqali ish bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Xususan, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va xonadonlarda issiqxonalar tashkil etish hisobiga 14 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. 110 ming kishini mavsumiy, 167 ming fuqaroni jamoat ishlari bilan qamrab olish vazifasi qo‘yildi.

Avvalgi yig‘ilishlarda ham qishloq xo‘jaligi, qurilish, kimyo sanoati va mashinasozlik bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berilgandi. Bu ishlar joylarda to‘g‘ri tashkil qilinsa, minglab odamlar bandligi ta’minlanadi.

Quduq qazib 26 ming gektar maydonda tashkil etiladigan bog‘, tokzor va issiqxonalarda 52 ming, ipakchilik tarmog‘ida 785 ming, qurilish va infratuzilma sohasida 75 ming ta yangi ish o‘rni yaratish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni sifatli bajarib, odamlarni ham band, ham rozi qilish kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют