» » Prezident Respublika maxsus komissiyasiga “dostavka”ni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Respublika maxsus komissiyasiga “dostavka”ni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-aprel, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan aholi bandligini ta’minlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida servis sohasini rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratdi.

Bugungi kunda umumiy ovqatlanish tarmog‘ida 13 ming, savdoda 45 ming, xizmat ko‘rsatishda 19 ming, transportda 7 ming korxona faoliyatini to‘xtatgan yoki tushumlari keskin kamaygan.

Vaholanki, karantin sharoitida ham oziq-ovqatlar va tovarlarni yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil etish orqali bu korxonalarning kamida 70 foizini ishlatish mumkin.

Shu bilan birga, karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda to‘lovlarni qabul qilish, sug‘urta, mikrokredit xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasiga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

O‘tgan yil sentabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish boshlangan bo‘lsa-da, bu hali yetarli darajada samara bermayapti.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat yuritishi uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Hozirda bunday kishilarga 85 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan. Yig‘ilishda bu ro‘yxatni kengaytirish, qonunchilikda taqiqlanmagan barcha tadbirkorlik turlariga ruxsat berish kerakligi aytildi. O‘zini o‘zi band qilgan odamlarni faqat xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tib ishlaydigan mexanizm joriy etiladi, deyilgan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют