» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1716 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1716 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 22-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 24 nafarga oshib, 1716 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1692 taga yetgani ma’lum qilingan edi.

Shunday qilib, 22-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 38 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel kuni 85 ta, 19-aprel kuni 75 ta, 20-aprel kuni 62 ta, 21-aprel kuni esa 51 yangi holat tasdiqlangandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 450 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirilgan. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 22-aprelning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют