» » Shavkat Mirziyoyev masofaviy o‘quv kurslari tashkil etib, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev masofaviy o‘quv kurslari tashkil etib, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berdi


Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 22-aprel, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan aholi bandligini ta’minlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hunarmandchilikning yaxshi an’analarga va ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugungi kunda 25 mingdan ziyod usta, shogirdlari bilan qo‘shib aytganda jami 80 mingga yaqin oila shu sohadan daromad topmoqda.

Yig‘ilishda Prezident masofaviy o‘quv kurslari tashkil etib, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish, o‘z maktabiga ega hunarmand ustalar tajribasini televideniye orqali ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

“Hunarmand” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hunarmandchilik mahsulotlarini O‘zbekiston milliy brendi ostida xorijda sotishni ta’minlovchi onlayn platforma yaratish vazifasi yuklatildi.

“Bugungi kunda ko‘plab yoshlar uyida o‘tirib, internet orqali dizaynerlik, tarjimonlik, dasturlash, reklama, repetitorlik kabi xizmatlar ko‘rsatmoqda. Lekin bunday mutaxassislar, ya’ni frilanserlar uchun masofadan hisob raqami ochish, pochta, to‘lovlarni qabul qilishda qator to‘siqlar mavjud. Oqibatda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning xarajatlari 2-3 barobar oshib ketmoqda”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir:

Mutasaddilarga bunday faoliyat turlari uchun imtiyoz va preferensiyalar berish, yoshlarni internetdan foydalanib, aqliy mehnat orqali daromad topishga o‘rgatish, sohani rivojlantirish uchun xorijda ommabop bo‘lgan to‘lov tizimlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Videoselektor yig‘ilishida soha mutasaddilari va hokimlar belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarish rejalari yuzasidan axboroti ham eshitilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют