» » Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida muhim deklaratsiya imzolanishi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida muhim deklaratsiya imzolanishi ma’lum qilindi


2020-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni imzolash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolashi muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Kasallikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Mavzuga doir: Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib keluvchi yangi charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi

Avval O‘zbekistondan Rossiyaga gumanitar yordam sifatida 5 million dona tibbiy niqob yuborilgandi.

Mavzuga doir: Putin AQSh va Italiyaga nima uchun insonparvarlik yordami jo‘natganini tushuntirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют