» » Koronavirus jahonning 209 mamlakatida sayohatlar cheklanishiga sabab bo‘ldi

Koronavirus jahonning 209 mamlakatida sayohatlar cheklanishiga sabab bo‘ldi


Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO)ning “COVID-19 sabab sayohatlarga cheklovlarning global sharhi” oraliq hisobotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoning 96 foiz mamlakatida sayohatlarga cheklovlar joriy qilingan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xabar berishicha, 2020-yilning yanvar oyi oxiridan 6-apreliga qadar 209 mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab sayohatlarni cheklovchi choralar qabul qilindi. Xususan, 90 ta mamlakat to‘liq yoki qisman o‘z chegaralarini yopdi, 44 ta davlat Xitoy, Koreya Respublikasi, Eron, Yevroittifoq mamlakatlari sayyohlari uchun chegaralarni yopdi, 56 mamlakat to‘liq yoki qisman xalqaro reyslarni to‘xtatdi, 19 mamlakat turli cheklov choralarini qo‘llamoqda:

Mintaqaviy miqyosda esa Afrika, Osiyo va Tinch okeani, shuningdek, Yaqin Sharqdagi barcha mamlakatlar sayohatlarga cheklovlar kiritdi, Yevropa mintaqasida 93 foiz va Amerika qit’asida 92 foiz mamlakatda sayohatlarga cheklovlar joriy qilindi.

Sayohatlarga cheklovlar koronavirus tasdiqlanish ko‘rsatkichlari oshishiga qarab geografik jihatdan kengaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kornavirusni pandemiya deb e’lon qilganidan keyin, 2020-yilning 9-martidan 24-martigacha sayohatlarga cheklovlar qabul qilgan mamlakatlar soni 2,2 barobarga (81 tadan 181 taga) ko‘paydi.

Mavzuga doir: Avstriya koronavirus sabab joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilishni boshladi

Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda karantin va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi hukmron bo‘lsa ham, qo‘l qovushtirib o‘tirish kerak emasligi, aksincha, ushbu sokinlik davridan unumli foydalanib, sohalarni rivojlantirishda yangidan yangi usullarni qo‘llash lozimligini aytgandi. Shu maqsadda mamlakatda “onlayn turizm” va “masofaviy sport” rivojlantiriladi.

Mavzuga doir: Butun dunyoda pandemiya tugaganidan keyin sayohat turizmining qayta boshlanish vaqti taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют