» » Irlandiyada pandemiya sabab yopilgan “Makdonalds”ga qo‘ylar to‘dasi “tashrif buyurdi”

Irlandiyada pandemiya sabab yopilgan “Makdonalds”ga qo‘ylar to‘dasi “tashrif buyurdi”


Irlandiyaning Ebb Veyl shaharchasidagi pandemiya sabab yopilgan “Makdonalds”ga qo‘ylar to‘dasi “tashrif buyurdi”. Hayvonlarni Endryu Tomas ismli mahalliy aholidan biri payqab qolgan va ularning suratini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.

CNN telekanali bilan suhbatda Tomas Ebb Veyl ko‘chalarida, odatda, qo‘y, ba’zida ot yoki sigirlarni uchratish mumkinligini, biroq oldin hech qachon “Makdonalds” oldida ularni ko‘rmaganini aytgan.

“Men qo‘ylarni ko‘rib qoldim va suratga olib, ‘Qo‘ylar Makdonalds’ni tortib olishdi’ degan hazil izoh bilan Facebook’dagi sahifamga joylashtirdim”, — deydi Endryu.

Bu COVID-19 pandemiyasi vaqtida sodir bo‘layotgan birinchi holat emas. Ko‘plab odamlar karantinda bo‘lganligi sabab hayvonlar oldinlari borishga qo‘rqqan joylariga kelishni boshlagan. Masalan, avvalroq Argentinadagi Mar-del-Plat kurort shahri ko‘chalarida dengiz arslonlari paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют