» » Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlarining aslidan farq qilmaydigan mum haykallari

Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlarining aslidan farq qilmaydigan mum haykallari


Madam Tyusso muzeyi asliga juda o‘xshash bo‘lgan mashhur insonlar eksponatlari bilan yaxshi ma’lum. Unda siyosatchi, sportchi, xonanda, aktyor va aktrisalarning mumdan yasalgan haykallarini uchratish mumkin. “Yandeks Zen” nashri muzeyda Bollivud yulduzlaridan kimlarga haykal qo‘yilgani haqidagi ma’lumotni havola etadi.

Madam Tyusso muzeyidan hindlardan birinchi marta Mahatma Gandining haykali o‘rin olgan bo‘lsa, Bollivud yulduzlaridan birinchi bo‘lib Amitabx Bachchanga haykal qo‘yilgan.

Britaniyaning turizm adminstratsiyasi tomonidan qaysi hind aktyori haykalini o‘rnatish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Amitabx Bachchan eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan va 2000-yil 20-dekabrida aktyor haykali o‘rnatilgan.

Bollivud aktrisalaridan birinchi bo‘lib, Ayshvariya Rayning haykali 2004-yilda muzeyning Londondagi filialiga o‘rnatilgan. Aktrisaga atab naqd ikkita haykal o‘rnatilgan: birinchisi turmushga chiqquniga qadar, ikkinchisi bo‘lsa oila qurganidan keyin 2012-yilda muzeyning San-Fransisko filialiga o‘rnatilgan.

Bollivud yulduzlari haqida gap ketganda Shohrux Xon nomini tilga olmaslik, uning haykalini o‘rnatmaslikning iloji yo‘q. 2007-yilda birinchi marta haykal o‘rnatilgan bo‘lsa, keyinchalik aktyor haykali Berlin, Sidney, Singapur va boshqa filiallardan ham o‘rin olgan.

2004-yilda People jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning “Eng chiroyli erkaklari” reytingida Salmon Xon 7-o‘ringa loyiq topilganidan keyin Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlari haykali yana bittaga ko‘paydi. 2012-yilda aktyor haykali muzeyning Nyu-York filialiga ham o‘rnatilgan.

Ritik Roshansiz Bollivudni tasavvur qilish mumkinmi? Albatta, yo‘q! Buning isbotini yana qaysi hind akyori haykalini o‘rnatish borasida o‘?tkazilgan so‘rovnomada Ritikka berilgan 10 ming ovozdan ham bilish mumkin. Aktyor muzeyda “Tezlik” filmidagi aqlli o‘g‘ri obrazida talqin qilingan. Bachkana bo‘lsa ham inkor etib bo‘lmaydigan fakt: Ritikning mum haykali eng ko‘p o‘pilgan haykallar o‘ntaligiga kiradi.?

Ijodkorlar hammadan ham Karina Kapurning haykalini o‘xshatish qiyin bo‘lganini ta’kidlaydi. Muzeydan aktrisaning “Biz uchrashganimizda” filmidagi obrazi o‘rin olgan bo‘lib, keyinchalik 2004-yilda Singapur filialiga ham aktrisa haykali o‘rnatilgan.

2015-yilda Katrina Kaifga haykal qo‘yilgan va mazkur mum haykal ustida 20 ta rassom ishlagan.

“Xarobadan chiqqan millioner” filmi orqali yaxshi tanish bo‘lgan Anil Kapur obrazi ham muzeydan o‘rin olgan.

Shuningdek, muzeyda hind go‘zallari Priyanka Chopra, Dipika Padukone, Anushka Sharma, afsonaviy aktrisa Shridevi va boshqalarning haykallari bor.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют