» » Oltin O‘zbekistonning bosh eksport mahsuloti bo‘lishda davom etmoqda

Oltin O‘zbekistonning bosh eksport mahsuloti bo‘lishda davom etmoqda


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra 2020-yil yanvar-mart oylari davomida tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 374,7 million, ya’ni 10,9 foizga kamaygan.

Eksportning asosiy ulushi, ya’ni 29,8 foizi oltinga to‘g‘ri kelmoqda va bu qariyb 1 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda material turiga qarab klassifikatsiyalanadigan sanoat tovarlari (18,7 foiz) va xizmatlar (18,6 foiz) qayd etilgan.

Mavzuga doir: Oltinning narxi 2012-yil kuzidan beri ilk bora eng yuqori qiymatga chiqdi

Hisobotda O‘zbekiston jahonning 150 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelayotgani, tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasi (16,9 foiz), Xitoy (16,8 foiz), Qozog‘iston (8,3 foiz), Koreya Respublikasi (6,7 foiz), Turkiya (5,8 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz) va Germaniyaga (2,1 foiz) to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.

2020-yilning yanvar -mart oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi (eksport umumiy hajmining 13,5 foizi), Xitoy (11,9 foiz), Turkiya (7,9 foiz), Qozog‘iston (5,6 foiz), Qirg‘iziston (4,6 foiz), Afg‘oniston (4,5 foiz) va Tojikiston (2,9 foiz) saqlanib qolgan hamda ularning eksportdagi umumiy ulushi 50,7 foizni tashkil etgan.

Tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha yettita asosiy hamkor davlat orasida yetakchi bo‘lgan Xitoy bir pog‘onaga tushishi hisobiga Rossiya Federatsiyasi eksportidagi ulushi bo‘yicha peshqadamlikni olgan.

Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha geografiyasi 2019-yilning mos davriga nisbatan 127 davlatdan 137 davlatga ko‘paygan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq O‘zbekistonning 2020-yil dastlabki ikki oyi davomida 1 milliard AQSh dollarlik oltin sotgani, Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 30 milliard dollardan oshganini e’lon qilgani, O‘zbekistonda oltin va qimmatbaho toshlar erkin savdoga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют