» » Saloh, Mane, Firmino. Liverpulning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

Saloh, Mane, Firmino. Liverpulning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)


Daryo futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Liverpul klubining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi Liverpul matbuot xizmati talqiniga kora tuzib chiqilgan.

Saloh uchrashuvda jamoasining tortinchi, ozining esa uchinchi golini shu tarzda kiritadi va jamoasining yirik galabasini taminlaydi.

Firmino 64-daqiqada ushbu goli bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq boladi. Biroq shaharliklar yana bir marta darvozani ishgol qilgan holda galabani ilib ketadi. Keyinchalik Sitini toxtatib bolmaydi va Pep Gvardiola shogirdlari chempionlikni qolga kiritadi.

Robertsonning zargarona uzatmasidan song Jorjinyo topni darvozabon ustidan oshirgan holda darvozaga joylab qoyadi.

Dastlab oz davrozasidan top olib chiqqan mersisaydliklar keyinchalik bunga beshta gol bilan javob qiladi. Firmino Arsenal himoyasini yorib otgan holda gollaridan birini uradi. Uchrashuvda braziliyalik futbolchi het-trik qayd etadi.

Mane dastlab topni toxtatishda xatoga yol qoyadi, biroq bu xatosini shedevr gol bilan yuvadi va uchrashuvdagi dublini nishonlaydi.

Chempionlar Ligasi yarim final ilk bahsida Liverpul mehmonda 0:3 hisobida maglub bolgani yetmaganidek, javob uchrashuvida Firmino va Saloh xizmatidan foydalana olmaydi. Biroq Origi ularning yoqligini bildirmaydi. Barselona 79-daqiqada himoyada juda qopol xatoga yol qoyadi va Divok jamoasini finalga olib chiqqan gol muallifiga aylanadi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Deniyel oradan uch daqiqa otib qizillarga bir ochko taqdim etgan gol muallifiga aylanadi.

Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi qarama-qarshilikda 115 daqiqalik nursiz oyindan song (ilk bahsda 0:0 hisobi qayd etiladi) Mane Manuel Noyerning xatosini shu tarzda jazolaydi.

Chempionlar Ligasi finalida Origi uchrashuvning 87-daqiqasida bahs taqdirini hal qilib qoyadi.

Saloh uzoq masofadan mukammal zarba yollagan holda Kepa Arrisabalagani dogda qoldiradi va mavsumning eng chiroyli goliga muallif boladi.

Mavzuga doir:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2020, 08:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -