» » Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibiga hukumat qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibiga hukumat qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi.

Qaror loyihasi ilovasida yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga, davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga, daromadi yuqori bo‘lmagan (bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha to‘g‘ri keladigan) oilalarga, chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga, texnogen (kuchki, sel kelishi) xavf yuqori bo‘lgan hududlarda, shuningdek, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida joylashgan va buzilishiga tushgan uy-joy va mulkdorlarga, uzoq va chekka qishloq (ovul) aholi punktlarida istiqomat qiladigan fuqarolarga, uzoq hududlarda yangidan tashkil etiladigan aholi punktlarida yashash istagini bildiradigan fuqarolarga hamda alohida hukumat qarorlari asosida belgilab berilgan davlat organlarining davlat xizmatchilariga auksionsiz berilishi belgilangan.

Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.

Hukumat qarori loyihasining muhokamasi 2020-yil 7-mayga qadar davom etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют