» » Huawei mobil suratlar tanlovi reklamasida professional kameradan olingan suratdan foydalangani ma’lum bo‘ldi

Huawei mobil suratlar tanlovi reklamasida professional kameradan olingan suratdan foydalangani ma’lum bo‘ldi


Huawei kompaniya smartfonlarida olingan suratlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovning roligida professional kamerada olingan suratlardan foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bunga 2018-yilda iPhone’da olingan suratlar tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Xuapen Chjao e’tibor qaratgan.

Chjaoning yozishicha, u Huawei tanlovi reklamasiga bir necha bor duch kelgan va promo-rolikdagi suratlardan biri unga tanish tuyulgan. Bloger ushbu surat smartfonda emas, professional kamerada olinganini shubha qilgan.

Keyinroq Chjao haq ekanligi ma’lum bo‘lgan: surat Huawei roligida paydo bo‘lishidan oldin 500px servisiga yuklangan. Uning muallifi Syu Tayi bo‘lib, qirg‘odagi kun botishini Nikon D850 kamerasida suratga olgan — kamera narxi 3 ming dollardan qimmatroq turadi.

Chjao muammoga e’tirob qaratganidan so‘ng, Huawei kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali kechirim so‘ragan. Shu bilan birga, kompaniya ushbu surat Huawei Next-Image servisidan olinganini, u yerga esa istalgan qurilmadan surat yuklash mumkinligini ta’kidlagan.

2018-yilda Chjao har yil o‘tkaziladigan iPhone Photography Awards tanlovi g‘oliblaridan biriga aylangan. U dengiz qirg‘og‘i yaqinida sayr qilib yurgan bolakayni suratga olgan.

Huawei professional fotoparatlarda olingan suratlar borasidagi mojaroga birinchi bor duch kelayotgani yo‘q. 2018-yilda kompaniya professional kamerada olingan suratlarni Nova 3i smartfoniniki deya ilgari surgan bo‘lsa, 2019-yilning martida esa Getty Images saytidan olingan suratni P30 Pro flagmaniniki deya atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют