» » Rossiyada COVID-19 tashxisini qo‘yuvchi 17 ta test davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi

Rossiyada COVID-19 tashxisini qo‘yuvchi 17 ta test davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi


Rossiyada koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan 17 ta test-tizimi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ulardan laborator tashxis qo‘yishda foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “Rossiya 24” telekanali efirida ma’lum qilgan.

“Yana sakkizta test-tizimining hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qabul qilib olingan. Yaqin haftalar ichida ular ham fuqarolar uchun ishlab chiqarilishi kutilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan Murashko.

Bundan tashqari rossiyalik mutaxassislar COVID-19’ni davolashda qo‘llaniladigan beshta preparatni ishlab chiqish bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

Uning aytishicha, dorilarning ayrimlarini og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda qo‘llash mumkin. Sog‘liqni saqlash vaziri mutaxassislarning qon plazmasini quyish yo‘li orqali koronavirusni davolash metodlarini takomillashtirish ustida ham bosh qotirmoqda. Vazirlikda donor sifatida taklif qilinishi mumkin bo‘lgan, koronavirusdan tuzalgan bemorlar haqidagi ma’lumot shakllantirilgan axborot resursi yaratilgan.

Rossiya tezkor shtabi bergan ma’lumotga asosan, 22-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda 57,9 ming nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.  Epidemiya boshlanganidan beri 513 nafar bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Rossiyada vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Avval Moskva merining o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning koronavirusdan tuzalgan bemorlarning qoni plazmasi kasallanganlarga quyish asosida boshqalarni davolash metodi samara beryotganini ta’kidlagani, shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin plazma donorlariga to‘lanadigan pullar qiymatini belgilash bo‘yicha hujjatni imzolagani, COVREC plazmasining 150 millilitr plazmasi 1250 rubl (taxminan 170 ming 520 so‘m), ya’ni 600 millilitr uchun 5 ming rubl (taxminan 682 ming so‘m) to‘lanishi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют