» » Bir uyum temir-tersakka aylangan superkarlar (foto)

Bir uyum temir-tersakka aylangan superkarlar (foto)


“Motor” nashri yo‘l-transport hodisasi sababli uvol bo‘lgan superkarlarning narxi haqida ma’lumot berib, ularning ayanchli suratlarini taqdim qildi.

BMW i8

BMW i8 — dunyodagi eng qulay hamda tejamkor superkarlardan biri. 2014-yil ishlab chiqarilgan avtomobil bor yo‘g‘i 5000 kilometr yo‘l bosgan. Falokatdan so‘ng 2015-yilda sotuvga qo‘yilgan ushbu avtomobilning narxi 13 ming dollarga baholangan. Rossiyada yangi i8 avtomobilining narxi 178 ming dollardan ziyodroq. Mashina 100 km/soat tezlikka 4,4 soniyada chiqa oladi va maksimal tezligini 250 km/soatga yetkazishi mumkin.

Ferrari F50

Ferrari kompaniyasining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlab 1995-yildan 1997-yilgacha ishlab chiqarilgan ushbu avtomobil Ferrari tarixidagi eng qimmat va talabgor avtomobillardan biri. Mashina falokatga uchrashi oqibatida uning old tomoni butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Avtoulov 100 ming kilometrga yaqin yo‘l yurgan. Auksionda ushbu avtomobilning narxi 5 ming dollardan boshlangan.

Avtomobil V12 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, buning yordamida mashina 100 km/soat tezlikka 3,8 soniya chiqa oladi. Maksimal tezligini esa 325 km/soatga chiqara oladi. Bu avtomobildan atiga 349 nusxa ishlab chiqarilgan.

Alfa Romeo Giulia Quadrufoglio

Alfa Romeo Giulia avtomobil bozorida yaqindagina paydo bo‘lganiga qaramasdan, hozircha bu turdagi mashinadan ikkitasi yo‘l-transport hodisasi tufayli butunlay yo‘q bo‘lib ketgani ma’lum. So‘nggi mashina internet-auksion orqali sotuvga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 1,5 ming dollardan boshlanadi. Avtomobil 2,9 litrli V6 dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati 510 ot kuchiga ega. Tezligini 3,9 soniyada 100 km/soatga chiqara oladi.

Lamborghini Huracan

Huracan rusumidagi avtomobilining bir vaqtda ikkitasi sotuvga qo‘yildi. Ikkala mashinaning ham kuygan metalldan deyarli farqi qolmagan. Yo‘l-transport hodisasiga uchragan ushbu Huracan’ning boshlang‘ich narxi 5 dollardan boshlangan.

Huracan’ning mazkur modelining egasi esa superkar uchun kamida 1000 dollar so‘ragan.

Acura NSX

Unchalik ham zarar yetmagan NSX avtomobilining boshlang‘ish narxi 0 dollar. Agar mashina uchun 1 dollar to‘lashga tayyor birorta odam topilganida u sotilgan bo‘lardi, biroq savdo paytida avtomobil narxi 75 ming dollarga chiqib ketdi. Yangi Honda NSX to‘rt yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqilgan.

Avtomobil jurnalistlarining fikricha, superkar bir tomondan juda zamonaviy va qulay, boshqa tomondan esa — kutilgan darajada tezkor emas. NSX tezligini 3,2 soniyada 100 km/soatga chiqara oladi. Maksimal tezligi 309 km/soatga teng.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют