» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 631 kishiga, virus qurbonlari esa 8 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 631 kishiga, virus qurbonlari esa 8 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 19 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Natijada mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 631 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh viloyatida qayd etilgan — 154 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (141 kishi) va Jalolobod viloyati (109 kishi) joylashgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan bir sutka ichida koronavirus aniqlangan 48 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda statsionarlarda 321 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafari jonlantirish bo‘limida.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 8 kishi COVID-19 qurboniga aylandi, jami 302 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1716 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 450 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют