» » Materatssi: Benites Mourinyo “Inter”da barpo qilgan barcha narsani buzdi

Materatssi: Benites Mourinyo “Inter”da barpo qilgan barcha narsani buzdi


“Inter” sobiq himoyachisi Marko Materatssi ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites qo‘l ostidagi faoliyatini yodga oldi.

“Agar Benitesning “Inter”dagi faoliyatiga to‘xtalsak, gap u yaxshi boshlab, yomon tugatganida emas, balki, hech narsani yakunlay olmagani haqida bo‘ladi. Rafa Mourinyo barpo qilgan barcha narsani buzdi. Murabbiy futbolchilar bilan yaxshi aloqani yo‘lga qo‘ya olsa, uning ishini omadli sanash mumkin. U esa kiyinish xonasi yetakchilarini chetga surib qo‘ydi va bu o‘zaro muammolarga olib keldi.

Ha, “Liverpul” bilan Chempionlar Ligasini yutgan odam futbolni yaxshi tushunadi, biroq u “Inter”da men bilan, “Napoli”da — Kannavaro, “Chelsi”da — Terri, “Real”da esa Ronaldu bilan kelisha olmadi. Nima, hammasiga futbolchilar aybdormi?”, — deydi Materatssi.

Materatssi 2001—2011-yillar davomida “Inter”da harakat qilgan, Benites esa milanliklarni 2010-yilda boshqargan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют