» » Koronavirusdan bonus. Karantin sabab atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid rekord darajada kamaydi

Koronavirusdan bonus. Karantin sabab atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid rekord darajada kamaydi


Iqlim ozgarishlari hozirgi davrning eng yirik muammosi bolib, global iqlim isishining oldini olish uchun jahon mamlakatlari anchadan buyon urinib kelmoqda.DaryoCarbon Briefaxborot-tahliliy portalining koronavirusning Yer sayyorasiga keltirayotgan foydasi haqidagihisobotini tarjima tariqasida taqdim etadi.

Avvaliga Kioto protokoli, keyin esa tarixiy deb baholangan 2015-yilgi Parij kelishuvlari, 2019-yilgi xalqaro sammitlar va kelishuvlar orqali rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlari iqlim ozgarishlariga qarshi umumiy choralar korishga ahd qilgan edi. Lekin ularni harakatsizlikda ayblab chiqqan Greta Tunberg singari ekofaollarning say-harakatlari ham, turli mamlakatlarning naridan-beri korgan chora-tadbirlari ham atmosferaga issiqxona gazlarining tashlanishi miqdorini sezilarli kamaytirishga olib kelgani yoq.

Aksincha, atmosferaga chiqarilayotgan uglerod oksidlari miqdori yildan yilga baribir ortib bormoqda va 2020-yilda ham tashlama gazlar miqdori otgan yilga nisbatan bir foizga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin ushbu sohaga oid prognoz va tahlillar bilan shugullanuvchi Carbon Brief axborot-tahliliy portalining keltirgan katta hajmli hisobotidaqayd qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan xalqaro vaziyat oqibatidan yil yakuniga kora butun sayyoramiz miqyosidagi karbonat angidrid (CO2) tashlamalari miqdori 5,5 foizga kamayar ekan. Mana buni haqiqatan ham tarixiy natija desa boladi.

Koronavirus sayyoramizga oziga xos bonus taqdim qilmoqda. Bu degani Yer atmosferasi taxminan 5-6 foiz issiqxona gazlaridan xalos bolmoqda. YaniUxan koronavirusi hammasini boshqa ozanga burib yubordi. Pandemiya tufayli jahon boylab zavod va fabrikalarning ishlab chiqarishdan toxtashi, avtomobillar harakatining yoq darajaga tushib ketishi, aviaparvozlar va temiryol qatnovlari favqulodda qisqarishi natijasida hozirning ozida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazi miqdori rekord darajada kamaydi!

Hisob-kitoblarga kora, birgina Yevropa qitasi karantinda otirgani bois atmosferaga tashlanayotgan CO2 gazi miqdori uch oy avvalgiga nisbatan 42 foizga qisqargan bolsa, transportdan chiqayotgan zaharli tutunlar miqdori esa tarixda misli korilmagan 22 foizgacha kamaydi! Xitoy uchun qilingan xuddi shunday tahlillarning korsatishicha, mamlakat karantinda otirgan vaqtda atmosferaga chiqariladigan CO2 miqdori 25 foizga kamaydi.

Tahlillar jahon miqyosidagi uglerod oksidlari tashlamalarining qariyb 75 foizini chiqaradigan yirik mamlakatlar AQSh, Xitoy, Hindiston va Yevropa Ittifoqi hamda jahon neft qazib olish sektori boyicha olingan songgi malumotlarga tayangan. Hisob-kitoblarga kora, ushbu tort davlat va neft sektorining ozidagi pandemik inqiroz natijasida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 hajmi ikki milliard tonnagacha qisqarmoqda. Bu esa yuqorida aytilgan 5,5 foiz umumiy qisqarishni taqdim etadi.

Bu XVIII asrdan buyon faqat va faqat osayotgan tashlama gazlar miqdorining ikki asrlik muddatdagi birinchi marta shu darajada katta qisqarishidir. Taqqoslash uchun keltirilishicha, atmosferaga CO2 tashlanishining bundan avvalgi eng yirik qisqarishi 19391945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi paytiga togri kelgan. Oshanda urush tufayli yirik ishlab chiqarishlarning toxtashi oqibatida yillik issiqxona gazlari chiqarilishi hajmi 845 million tonnaga kamaygan. 20082009-yillardagi global iqtisodiy inqiroz tufayli kelib chiqqan turgunlik tufayli 440 million tonna uglerod oksidi atmosferaga tashlanmay qolgan bolsa-da, undan keyingi kuzatilgan keskin iqtisodiy osish natijasida bu korsatkich yana qayta 1,61 milliard tonnaga kotarilib qoldi.

Biroq bu bilan xursand bolishga hali erta. Iqlim ozgarishlari boyicha qabul qilingan yakuniy maqsad global harorat isishini ortacha 1,5 darajadan oshirmaslik uchun uglerod oksidlari miqdorining ushbu 5,5 foiz qisqarishi baribir kamlik qiladi. Eslatib otamiz, global iqlim isishining oldini olish uchun atmosferaga yillik uglerod oksidlari tashlamasini 7,6 foizga qisqartirish talab etiladi. Buning uchun joriy on yillikda uglerod oksidlari chiqarilishi miqdori 2,8 milliard tonnaga kamaytirilishi lozim va shunda ilish darajasini osha 1,5 daraja atrofida toxtatilishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa 2030-yilga borib global miqyosda atmosferaga chiqarilayotgan tashlama gazlar hajmi 2010-yildagiga nisbatan 45 foizga qisqartirilishiga erishish kerak.

Albatta, ekspertlar keyingi on yillikda yuqorida aytilgan marraga haqiqatan ham erisha olinishiga katta shubha bildirdi. Buning uchun ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmagan holda uglerod oksidi tashlamalarisiz ishlaydigan texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish kerak boladi. Shunday qilish kerakki, bir birlik yalpi ichki mahsulot hajmiga togri keladigan uglerod oksidi tashlamasini imkon qadar minimumga tushirish kerak boladi. Agar atmosferaga zararli gazlar chiqarmaydigan sanoat texnologiyalariga otilmasa, keyingi yillarda chiqariladigan uglerod oksidlari miqdori 2040-yilgacha har yili 15 foizdan ortaverishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2020, 11:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -