» » Jennifer Lopesni Instagram’dagi rasm tufayli sudga berishdi

Jennifer Lopesni Instagram’dagi rasm tufayli sudga berishdi


Nyu-Yorkda yashovchi fotograf Stiv Sands amerikalik aktrisa, xonanda, prodyuser va tadbirkor Jennifer Lopes ustidan sudga arz qildi, deb yozadi E!News.

Sands Jey Lo va uning Nuyorican Productions prodyuserlik kompaniyasini u olgan suratdan noqonuniy foydalanganlikda ayblamoqda. Gap fotograf 2016-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Ko‘k rang jilosi” serialining suratga olish jarayonida olgan rasm haqida ketmoqda.

Bir yildan so‘ng Jennifer Lopes o‘sha rasmni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan. Sandsning ta’kidlashicha, u surat muallifini ko‘rsatmagan va unga pul to‘lamagan.

Stiv Sands da’vo arizasida 50 yoshli Lopes uning suratidan shaxsiy brendini rivojlantirish uchun foydalanganini ko‘rsatgan. Jey Loning Instagram’da qariyb 120 million folloveri bor, aynan Sands olgan suratga esa 600 mingta “layk” bosilgan.

Fotograf 150 ming dollar miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.

Jennifer Lopesning vakillari hozircha vaziyatga hech qanday izoh bermagan. Shuningdek, surat ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib ham tashlanmagan.

Mavzuga doir: Ledi Gaga, Billi Aylish, Jennifer Lopes, The Rolling Stones va boshqa o‘nlab buyuk musiqachilar shifokorlar uchun onlayn-konsert berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют