» » Xitoy hukumati koronavirus bilan kasallanganlar soni oshayotgani sabab Xarbin shahriga kirishni yopib qo‘ydi

Xitoy hukumati koronavirus bilan kasallanganlar soni oshayotgani sabab Xarbin shahriga kirishni yopib qo‘ydi


Xitoy hukumati COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ortib ketgani sabab boshqa shahar aholisining, shuningdek, mahalliy raqamga ega bo‘lmagan transport vositalarining Xarbin shahriga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, Reuters xabar berdi.

Kyodo agentligining yozishicha, mahalliy aholi uydan chiqishi uchun kasallikka chalinmagani to‘g‘risida ma’lumot beruvchi QR kodga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ular ko‘cha va jamoat joylarida tibbiy niqobda bo‘lishi zarur.

Xarbin — Xitoy shimolidagi Xeylunszyan provinsiyasining poytaxti bo‘lib, Rossiyaning bir necha mintaqalari (Primorye, Yevrey avtonom viloyati va Amur viloyati) va yirik shaharlari bilan chegaradosh. Xarbin aholisi 10 million kishiga yetadi. Agentlikning ta’kidlashicha, Xeylunszyan Xitoyda koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini epimarkaziga aylangan: so‘nggi o‘n kun ichida provinsiyada 57 kishida COVID-19 aniqlangan.

Rossiyaning Xarbindagi bosh konsulxonasi har yili o‘tkaziladigan savdo-iqtisodiy yarmarka pandemiya sabab bekor qilinib, 2021-yilning iyuniga qoldirilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni erta olib tashlamaslikka chaqirgandi.

Mavzuga doir: Amerikaning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy mart oyining oxirlarida o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat bosh epidemiologi Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholagan. COVID-19’ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmasligini, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini aytgandi. 21-aprel kuni esa Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinishlar soni kamayayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют