» » Boysunda Nexia avtomobili podachi va 31 bosh qo‘yni urib ketdi. Podachi vafot etdi

Boysunda Nexia avtomobili podachi va 31 bosh qo‘yni urib ketdi. Podachi vafot etdi


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 21-aprel kuni soat 02:00 larda Nexia avtomobili podachini qo‘ylari bilan birga urib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa “Temirdarvoza” mahallasi hududidan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘lining 1334-kilometrida sodir bo‘lgan. Termiz—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Nexia haydovchisi 23 yoshli S.P. o‘zidan oldinroqda qo‘ylarini haydab ketayotgan 28 yoshli A.Q.ni 21 bosh qo‘y va 10 bosh qo‘zi bilan birga urib yuborgan.

Piyoda A.Q. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют